Upload

Alisher Qodirov

Alisher Qodirov

Alisher Qodirov

А.Qodirov 2019 - yildan hozirgi vaqtga qadar Oʼzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi, 2020 - yildan hozirgi vaqtga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʼrinbosari, partiya fraksiyasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

TARJIMAYI HOL

Alisher Keldiyevich Qodirov 1975-yil 12-martda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 1996-yilda Turkiyaning Egey universiteti (bakalavr), 2009-yilda Toshkent moliya instituti (bakalavr), 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ixtisosligi – filolog, iqtisodchi. Mehnat faoliyatini 1996-yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasida yetakchi mutaxassis vazifasidan boshlagan.

1997-2009-yillarda Davlat mulk qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasida yetakchi mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2009-2015-yillarda Jizzax viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

2015-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.

2017–2019-yillarda jamoatchilik asosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbarlik qilgan.

2019-yildan shu kunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi, partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

A.Qodirov Jizzax erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilishida faol ishtirok etgan. Shuningdek, 18 yoshgacha bolalar tarbiyasini tashkil etishga oid uchta kitobdan iborat qo‘llanmaga hammuallif, bolaning 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davrida tarbiya va ta’limning uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha “Uzluksiz tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda faol qatnashgan. Shuningdek, ta’lim-tarbiya sohasini samarali isloh qilish bo‘yicha Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi raisi hisoblanadi.

Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

Turmush o‘rtog‘i M. Qodirova Toshkent shahridagi 83-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.

Ma'lumoti

Turkiyaning Egey universiteti

1996-yil

Toshkent moliya instituti

2009-yil

Mutaxassisligi - filolog, iqtisodchi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi

2011-yil

Mehnat faoliyati

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi

1996-1997 yillar

Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash qoʼmitasining Jizzax viloyati boshqarmasi

1997-2008 yillar

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi

2008-2015 yillar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

2015 yil

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari (jamoatchilik asosida)

2017–2019-yil

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi, partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari

2019-yildan

Dastur

AK

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTLIGIGA NOMZOD ALISHER QODIROV DASTURIDAGI MUHIM VAZIFALAR

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi

Dasturning to'liq matni bilan yuqoridagi QR-kod orqali tanishing

DASTURDAGI ASOSIY YO‘NALISHLAR

Image

 

I. Tarbiya va taʼlim sohasida

II. Davlat boshqaruvi tizimida

Image

 

III. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha

IV. Ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini taʼminlash sohasida

Image

 

V. Tashqi siyosat sohasida

I. Tarbiya va taʼlim sohasida

"Yangi avlod" davlat dasturi qabul qilinadi

–  Bola tug‘ilganidan maktabni tugallagungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan tarbiya va taʼlim dasturi ishlab chiqilishi uchun yagona "Oila – bog‘cha – maktab" tizimi yaratiladi;

–  Oilada sog‘lom farzandni dunyoga keltirish va tarbiyani to‘g‘ri tashkil etish uchun 18 yoshgacha farzandlari bo‘lgan ota-onalarni qo‘llab-quvvatlab, ularga alohida maqom va masʼuliyat yuklatiladi;

–  Bog‘chalarning davlat tomonidan moliyalashtirilishi va (xususiy bog‘chalarga ruxsat beriladi) bog‘cha davrining oxirgi bir yili majburiy bo‘lishi belgilanadi. Bu jarayonda eng avvalo, tarbiyachilarining ish haqi  oshiriladi, ularning yillik sertifikatsiyasi joriy etilib, bog‘cha guruhlarida bolalar sonini 15 nafardan oshirilmasligiga erishiladi;

–  Maktablarda boshqaruv, o‘qituvchiga munosabat va tarbiya-taʼlim ishlarini tashkil etish tubdan o‘zgartiriladi (xususiy maktablarga ruxsat beriladi). O‘qituvchilarga o‘z mutaxassisligidan tashqari boshqa fanlardan dars berish va sinf rahbarligini biriktirish tartibi bekor qilinadi. Sinf rahbarligi faqat “Tarbiya” fani o‘qituvchilari zimmasiga yuklatiladi. O‘qituvchilarga ish xaqi kamera kuzatuvlari asosida hisoblanadigan reyting ballariga muvofiq belgilanadi. Bunda eng yaxshi dars bergan o‘qituvchi yuqori, sifatsiz dars bergan o‘qituvchi  kam maosh oladi. 10 yil va undan ortiq o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullangan pedagogga oylik maoshining 50 foizini ustama sifatida qo‘shib berish tizimi joriy etiladi. Shuningdek, o‘qituvchilarga 50 yoshdan nafaqaga chiqish huquqi beriladi.   

"Taʼlim inspeksiyasi" Oliy Majlis huzurida qayta tashkil qilinadi

Inspeksiya vakolatlari va ular uchun mehnat sharoitlari tubdan o‘zgartiriladi. Inspeksiya tarbiya va taʼlim jarayonlarini kuzatadi va Oliy Majlisga tizimli tarzda hisob beradi.

Oliy taʼlim davlat tasarrufidan chiqariladi

- Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tugatilib, Prezident huzurida Rektorlar kengashi tashkil etiladi. Oliygohlar o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazilib, OTMning raqobatbardosh faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratiladi;

–  Pedagoglar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilinadi. Davlat sohada kadrlar tayyorlashning bosh buyurtmachisi sifatida bog‘cha va maktablarga yuqori malakali o‘qituvchi va tarbiyachilar tayyorlash tizimini to‘la moliyalashtiradi.

Tarbiyaning ajralmas qismi sifatida milliy kinoindustriya  isloh qilinadi 

– Buning uchun soha vakillarining malaka oshirishlari, sohaga xorijdan tajribali mutaxassislarni jalb etish, milliy, tarixiy va zamonaviy filmlarni suratga olish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

II. Davlat boshqaruvi tizimida

Vakillik organlariga saylovlarda majoritar va proporsional tizimlardan foydalanish uchun huquqiy asoslar yaratiladi

–  Majoritar, proporsional saylov tizimini joriy etish orqali siyosiy partiyalarning parlamentdagi rolini kuchaytiriladi;

–  Parlamentda deputat emas, siyosiy partiyalarning kuchli bo‘lishi uchun tizim yaratiladi;

–  Qonunchilik palatasida deputatlar soniga qarab vazirliklar portfeli taqsimlanadi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari va faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi

– Mahalliy Kengash raisining bir vaqtning o‘zida hokim bo‘lishi tajribasi batamom tugatiladi;

– Mahalliy Kengashlarning ijro hokimiyatini shakllantirishdagi roli va nazorat qilish funksiyalari keskin kuchaytiriladi;

– Mahalliy Kengash deputatining deputatlikdan boshqa vazifani egallashi mumkinligi to‘g‘risidagi tartib bekor qilinadi.

Sud-huquq tizimida tub islohotlar o‘tkaziladi

–  Tizimli o‘zgarishlar sud hokimiyatida adolatni kafolatlash tizimini yaratish, tizimda "qon almashinuvi" jarayonlarini tezlashtirish hamda sohaga yangi avlod vakillarini jalb etish orqali amalga oshiriladi;

– Jazoni ijro etish muassasalari Ichki ishlar vazirligidan Adliya vazirligiga o‘tkaziladi. Jazoni ijro etish muassasalaridan jazoni o‘tab, ozodlikka chiqqan fuqarolarning jamiyatga tez va samarali moslashishi uchun huquqiy asoslar kuchaytiriladi;

– Advokatlik instituti isloh qilinib, jozibali advokatura tizimi shakllantiriladi. Sohaga doir qonunchilik asoslari takomillashtiriladi. Moliyaviy imkoniyati cheklangan fuqarolar murojaat qila oladigan, bunda davlat subsidiyalarini ko‘zda tutadigan yangi institut tashkil etiladi.

III. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha

Mamlakat iqtisodiyotida davlat ishtirokini tugatish bo‘yicha 5 yillik davlat innovatsion dasturi qabul qilinadi

– Davlatning iqtisodiyotdagi rolini keskin tugatish bo‘yicha aniq choralar belgilanib, davlat ulushi bor korxonalarda transformatsiya jarayonlari amalga oshiriladi. Davlat budjetiga ortiqcha yuk bo‘layotgan korxonalarning davlat ulushi strategik investorlarga sotiladi;

–  Har qanday imtiyoz va preferensiyalar istisnosiz faqat qonun bilan belgilanadigan tizim yaratiladi. Iqtisodiyotda barcha uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishiga erishiladi. Prezidentlik institutining imtiyozlar va preferensiyalar berish anʼanasiga chek qo‘yiladi;

–  Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xususiylashtiriladi. Kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tomon manfaatdor xizmat ko‘rsatuvchi tomon sifatida qayta tashkil etiladi. Kommunal xizmatlar ko‘rsatishda xususiy tadbirkorlarga ustuvor imkoniyatlar yaratiladi.

Ish beruvchilar uchun xodimlarni majburiy sug‘urtalash tizimi joriy qilinadi

–  Ishchi xodimlarning ijtimoiy muhofazasi taʼminlanadi. Mehnat shartnomasida xodimning sog‘lig‘idan tortib, ijtimoiy talablarigacha bo‘lgan barcha holatlar kafolatlanadi;

– Ishchi xodimlarning ijtimoiy muhofazasi taʼminlanadi. Mehnat shartnomasida xodimning sogʼligʼidan tortib, ijtimoiy talablarigacha boʼlgan barcha holatlar kafolatlanadi.

Kam taʼminlangan aholini qo‘llab-quvvatlashning qadriyatlarga tayangan yangi tizimi joriy etiladi

–  Kam taʼminlangan oila aʼzolarini ish bilan taʼminlagan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berish tartibi joriy etiladi.

IV. Ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat
va fuqaro erkinliklarini taʼminlash sohasida

Milliy urf-odat, anʼanalar, shakllangan qadriyatlarga hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilanadi

–  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi milliy urf-odatlar, anʼana va xalqimizda shakllangan qadriyatlarga nisbatan hurmatsizlik uchun maʼmuriy javobgarlikka doir normalar bilan to‘ldiriladi.

O‘zbek tili keng qo‘llaniladigan, zamonaviy taraqqiyotga uyg‘un tilga aylanishi uchun huquqiy asoslar kuchaytiriladi

–  O‘zbek tilida ish yuritadigan boshqa millatga mansub fuqarolar maoshiga 25 foizgacha ustama to‘lanadi;

–  Sohaga aloqador ilmiy adabiyotlardan birini o‘zbek tiliga tarjima qilish ilmiy unvon olishning sharti sifatida kiritiladi;

– O‘zbek tilini bepul o‘rgatish kurslari uchun subsidiyalar ajratiladi.

So‘z erkinligi va jamiyatni demokratlashtirish davom ettiriladi

–  Ommaviy axborot vositalari qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilinadi;

–  50 ming ovoz to'plagan murojaat bo‘yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining OAVda shaxsan munosabat bildirishiga oid tizim yaratiladi.

Xalq qabulxonalari bepul yuridik maslahat markazlariga aylantiriladi

–  Jismoniy shaxslarning sudga murojaati uchun davlat boji undirish amaliyoti bekor qilinadi;

–  Har qanday murojaatga huquqiy baho berish tizimi yaratiladi. Xalq qabulxonalari maʼmuriy sudlov tizimiga integratsiya qilingan sudning birinchi bosqichi sifatida fuqarolarga konsultativ xizmatlar ko‘rsatadigan tizimga aylantiriladi.

Aliment fondi tashkil etiladi

–  3 oy ichida to‘lanmagan alimentlar fond tomonidan qoplanadi va aliment to‘lovchining ozodligini cheklash yoki mehnatga majburiy jalb etish orqali undiriladi.

V. Tashqi siyosat sohasida

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mamlakat suverenitetiga taʼsir ko‘rsatadigan va milliy qadriyatlarni kamsitadigan loyihalarda ishtirok etishni taqiqlovchi norma kiritish tashabbus qilinadi.

– Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish tezlashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nafaqat iqtisodiy manfaatlar, balki qadriyatlarga mos bo‘lmagan har qanday iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamkorliklarga yo‘l bermaydigan norma aks ettiriladi.

– Markaziy Osiyo keng qamrovli integratsion hamkorlik maydoniga aylantiriladi. O‘zbekiston tashqi siyosatida eng muhim ustuvor yo‘nalish sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan Afg‘oniston bilan ham yaqin iqtisodiy va siyosiy munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi.

– "Xorijdagi o‘zbeklar" muloqot klubi tashkil etilib, dunyoning turli hududlarida istiqomat qilayotgan o‘zbeklar bilan muloqot maydoni yaratiladi. "Xorijdagi o‘zbeklarni qo‘llab-quvvatlash fondi","Milliy o‘zbek qadriyatlarini targ‘ib qilish jamg‘arma"si tashkil etiladi.

Uchrashuvlar

Videolar

01
27-08-2021
04:28
PREZIDENTLIKKA NOMZOD ALISHER QODIROV DASTURINI E'LON QILDI
02
08-08-2021
01:00
"MILLIY TIKLANISH" BO‘LAJAK SAYLOVDA MUNOSIB ISHTIROK ETADI
03
26-07-2021
01:54:54
ALISHER QODIROVNING "AMERIKA OVOZI"GA BERGAN INTERVYUSI
04
28-07-2021
01:04:14
ALISHER QODIROVNING "QALAMPIR"GA BERGAN INTERVYUSI